» » Toshkentda 155-avtobus chiroq ustuniga borib urildi

Toshkentda 155-avtobus chiroq ustuniga borib urildi


12-oktabr kuni soat taxminan 17:50 atrofida Navoiy ko‘chasining Hyatt Regency mehmonxonasi oldidan o‘tgan qismida 155-yo‘nalish (Chorsu—Yangiobod) bo‘ylab harakatlanuvchi Isuzu avtobusi ko‘chani yorituvchi beton ustunga urilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avtobus haydovchisi 34 yoshli Sarvar M.ning so‘zlariga ko‘ra, u oldidan ketayotgan va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga birdan to‘xtagan mashina bilan to‘qnashuv yuz berishining oldini olish maqsadida rulni burib yuborgan.

Haydovchining qo‘shimcha qilishicha, voqea yuz bergan vaqtda avtobus salonida 10—12 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning besh nafari yengil tan jarohatlarini olgan va salomatligini tekshirish uchun shifoxonaga olib borilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют