» » O‘zbekistonda past narxlarni taklif etuvchi aviakompaniya tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda past narxlarni taklif etuvchi aviakompaniya tashkil etilishi mumkin


O‘rta muddatli istiqbol uchun O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida muhokama etilmoqda. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatda turizmni rivojlantirishni qiyinlashtirayotgan va sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablarni va ularni bartaraf etish choralarini keltirib o‘tgan.

Bunday yechimlar 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar dasturida keltirildi.

Dasturning logistika, transport va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘limida Milliy aviakompaniya bazasida arzon yo‘lovchi tashish tizimini (loukoster) yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash orqali arzon avialiniyalardan foydalanuvchi chet ellik sayyohlar oqimini ko‘paytirish imkoniyati borligi aytiladi.

Shunga asoslangan holda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga arzon yo‘lovchi aviatashuvi tizimini yaratish masalasini o‘rganib chiqish topshirilgan.

Ma’lumot uchun: Loukoster, yoki byudjetli (arzon) aviakompaniyalar an’anaviy yo‘lovchi xizmatlarining ko‘pchiligidan voz kechish evaziga safar uchun juda arzon to‘lovni taklif qiladi.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют