» » O‘zbekistonda 22–26-oktabr kunlari Innoweyek innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 22–26-oktabr kunlari Innoweyek innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning 22–26-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion jamg‘armalari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida Innoweyek innovatsion g‘oyalar haftaligini tashkil etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Avstriya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog‘iston, AQSh kabi davlatlardan yirik olimlar, tadbirkorlar, kompaniya boshqaruvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadlaridan biri davlat organlari, erkin iqtisodiy zonalar va kichik tadbirkorlik subyektlari, texnopark va xususiy tadbirkorlik muassasalari, shuningdek, real iqtisodiyot sektorlari bilan ilmiy akademik va sanoat ilmiy tadqiqotchilik muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni chet elning yetakchi jamg‘armalari, innovatsion markazlari va boshqa tashkilotlari ishtirokida mustahkamlashdir.

Innovatsion haftalik doirasida Xalqaro innovatsion ko‘rgazma hamda Xalqaro innovatsiyalar va investitsiyalar forumi o‘tkaziladi.

Xalqaro innovatsion ko‘rgazma ijtimoiy, moliya, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotning real sektori va davlat boshqaruvida innovatsiyalar yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют