» » Himolaydagi bo‘ron oqibatida sakkiz alpinist halok bo‘ldi

Himolaydagi bo‘ron oqibatida sakkiz alpinist halok bo‘ldi


Nepaldagi Gurya Himal tog‘ida 12-oktabr kuni yuz bergan bo‘ron oqibatida kamida sakkiz alpinist halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Halok bo‘lganlar orasida Janubiy Koreyaning to‘rt fuqarosi va ularga gidlik qilgan to‘rt nepallik bor. Yana bir koreyalik alpinistning jasadi hali topilganicha yo‘q.

Taxminlarga ko‘ra, qurbonlar orasida alpinist Kim Chan Xo ham bo‘lishi mumkin — u 2013-yili jahonning eng baland 14 cho‘qqisini qo‘shimcha kislorodsiz tezkor zabt etish bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi.

Alpinistlar 3500 metr balandlikdagi lagerda halok bo‘lgan, ular bu yerda oktabr oyi boshidan beri ob-havo sharoitining yaxshilanishini kutayotgan edi.

“Halokatga aynan bo‘ron sabab bo‘lgan, deb taxmin qilyapmiz, chunki yog‘och-taxtalar va chodirlar buzilib ketgan edi”, — deya ma’lum qildi mahalliy politsiya. The Himalayan Times’ning yozishicha, bo‘ronning ketidan ko‘chki yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют