» » Shavkat Mirziyoyev Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi o‘rinbosari, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Uchrashuvda Rossiya prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi kun tartibidagi iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют