» » O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni mag‘lub etdi, Marat Bikmayevdan dubl

O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni mag‘lub etdi, Marat Bikmayevdan dubl


Bugun, 13-oktabr sanasida FIFA kunlari doirasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

“Milliy” (sobiq “Bunyodkor”) stadion mezbonlik qilgan o‘yinda hisobni O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Marat Bikmayev ochdi. 37-daqiqada Eldor Shomurodov to‘pni o‘ng qanotga oshirdi. Davron Hoshimovning havolatib uzatgan uzatmasini esa Marat Bikmayev koreyslar darvozasiga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 90+1 daqiqasida yana o‘sha Marat Bikmayev gol urishga erishdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Husniddin G‘ofurovning uzatmasidan so‘ng maydonni teng yarmini bir o‘zi bosib o‘tgan Bikmayev dubl qayd etishga erishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamaosi Ektor Kuper qo‘l ostida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bungacha O‘zbekiston termasi Suriya bilan durang qayd etib, Eronga esa mag‘lub bo‘lgandi.

Uchrashuvni Dmitriy Mashentsev boshchiligidagi qirg‘izstonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

O‘rtoqlik o‘yini

13-oktabr, shanba

Gol: 1:0—37 Bikmayev, 2:0—90+1 Bikmayev.

O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov - 24.Davron Hoshimov, 31.Yegor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 29.Vladimir Kozak - 7.Azizbek Haydarov (15.Odiljon Hamrobekov, 36), 16.Otabek Shukurov - 9.Odil Ahmedov (22.Javohir Sidiqov, 70), 27.Doston Hamdamov (17.Ivan Nagayev, 67) (6.Husniddin G‘ofurov, 83), 14.Eldor Shomurodov (8.Ikrom Aliboyev, 66) - 10.Marat Bikmayev

KXDR: 1.Ri Myong Guk (18.Sin Xyok, 46), 3.Jan Kuk Chol, 5.An Song Il, 6.Ri Un Chol, 7.Kang Kuk Chol (2.An Il Bom, 30), 9.Kim Yong Il, 11.Jong Il Gvan, 19.Rim Kvang Xyok, 20.Ri Tong Il, 25.Kim Yu Song, 17.Ri Chag Xo



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют