» » Kuperning birinchi muvaffaqiyati O‘zbekistonning 10 o‘yindan iborat g‘alabasiz o‘yinlar seriyasiga yakun yasadi

Kuperning birinchi muvaffaqiyati O‘zbekistonning 10 o‘yindan iborat g‘alabasiz o‘yinlar seriyasiga yakun yasadi


Joriy yilning 11-sentabr sanasida futbol bo‘yicha Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Eron termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O‘sha mag‘lubiyat sabab milliy terma jamoaning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 10 taga yetgandi.

Bugun, 13-oktabr sanasida Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni o‘rtoqlik o‘yinida 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa 10 o‘yinlik g‘alabasiz seriya o‘z nihoyasiga yetdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamaosi Ektor Kuper qo‘l ostida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bungacha O‘zbekiston termasi Suriya bilan durang qayd etib, Eronga esa mag‘lub bo‘lgandi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi oxirgi marta 2017-yilning 6-iyun sanasida Toshkentda Tailandni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Shundan beri jamoa g‘alaba qozona olmay kelayotgandi.

Terma jamoaning so‘nggi 11 ta uchrashuvida quyidagicha natijalar qayd etilgan:

3 ta durang: Janubiy Koreya—O‘zbekiston 0:0, Senegal—O‘zbekiston 1:1, Suriya—O‘zbekiston 1:1?;

7 ta mag‘lubiyat: O‘zbekiston?—Eron 0:2, O‘zbekiston?—?Xitoy 0:1, O‘zbekiston?—?BAA 0:1, O‘zbekiston?—?Marokash 0:2, O‘zbekiston?—?Eron 0:1, O‘zbekiston?—?Urugvay 0:3, O‘zbekiston?—?Eron 0:1?, O‘zbekiston—KXDR 2:0.

To‘plar nisbati: 4:13.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 10) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют