» » Prezidentning Bo‘kaga tashrifidan so‘ng Toshkent viloyatidagi beshta tuman hokimi ikki oylik maoshidan ayrildi

Prezidentning Bo‘kaga tashrifidan so‘ng Toshkent viloyatidagi beshta tuman hokimi ikki oylik maoshidan ayrildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani paxta dalalarida bo‘lgan edi. 13-oktabr kuni esa viloyat hokimining farmoyishi bilan nafaqat Bo‘ka, balki Pskent, Bekobod, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari ikki oylik maoshlaridan mahrum qilindi.

Viloyat hokimining farmoyishida qayd etilishicha, ikki oylik maoshidan mahrum qilingan tuman hokimlari Vazirlar Mahkamasining 30-avgustdagi “2018-yil hosili paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, deya xabar beryapti “Turon 24” agentligi.

Tuman hokimlari ikki oylik maoshidan mahrum qilinganidan tashqari, agar tuman uchun belgilangan kunlik reja bajarilmasa, egallab turgan lavozimidan ozod etilishi haqida ham ogohlantirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют