» » Xatolik tufayli jazoga mahkum qilingan italiyalik 21 yildan so‘ng qamoqdan chiqdi

Xatolik tufayli jazoga mahkum qilingan italiyalik 21 yildan so‘ng qamoqdan chiqdi


Italiyaning janubiy viloyati Apuliya fuqarosi sud xatoligi tufayli hayotining 21 yilini qamoqda o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Katanzaro shahri apellyatsiya sudi 51 yoshli mahkum Anjelo Massaroni ozod etish haqida qaror qabul qildi. Mahalliy OAVlarining ma’lum qilishicha, u 1995-yilda yuz bergan qotillikda ayblanib, 30 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi.

Massaroga nisbatan ayblov qotillikda uni ayblagan ma’lumot yetkazuvchi va yozib olingan so‘zlashuvlarni eshitishga asoslanib chiqarilgan.

Bu yozuvlarda prokuratura Massaro va uning rafiqasi suhbatini topgan. Unda ayblanuvchi rafiqasiga Apuliya shevasida go‘yo “O‘likni olib ketayapman” deya ma’lum qilgan. Biroq uning oxirgi so‘zlari noto‘g‘ri tushunilgan, u jasadni emas, allaqanday og‘ir buyumni anglatgan.

Bundan tashqari, adolatsizlik tufayli ayblangan erkakning advokati qotillik yuz bergan tunda u boshqa joyda bo‘lganligini isbotlashga erishdi.

Massaro qamoqda ham ishining qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilgan va bir necha marta jazoni ijro etish va adliya vazirlariga murojaat qilgan. U qamoq jazosini o‘tagan yillarda ushbu organ rahbarlari o‘n martadan ortiq o‘zgargan.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют