» » O‘zbekistonda eng kam ish haqi bilan birga OTMlar to‘lov-kontraktlari ham oshadi

O‘zbekistonda eng kam ish haqi bilan birga OTMlar to‘lov-kontraktlari ham oshadi


O‘zbekistonda 2018/2019 -o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba OTMlarda to‘lov-kontraktlar eng kam ish haqi miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Bu esa eng kam ish haqi oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshishini anglatadi, deya ma’lum qiladi Xushnud Xudoyberdiyev.

Davlat qabul komissiyasining 2018-yil 4-iyuldagi 2-son bayonining 12-ilovasiga izohda eng kam ish haqi miqdori oshirilganda mos ravishda to‘lov-kontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan oshirib borilishi belgilangan.

Bu shuni anglatadiki, kontraktlar bahorgi semestrdan, ya’ni mart oyidan oshadi, kuzgi semestrga to‘langan kontrakt uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lash shart emas.

2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo‘ladi (agar yana EKIH oshmasa):

Bakalavriat:

1-toifa: 45 barobar— 9 million 122 ming 850 so‘m;

2-toifa: 46 barobar — 9 million 325 ming 580 so‘m;

3-toifa: 50 barobar — 10 million 136 ming 500 so‘m;

4-toifa: 55 barobar — 11 million 150 ming 150 so‘m;

5-toifa: 60 barobar — 12 million 163 ming 800 so‘m.

Magistratura:

1-toifa: 49 barobar – 9 million 933 ming 770 so‘m;

2-toifa: 51 barobar – 10 million 339 ming 230 so‘m;

3-toifa: 55 barobar – 11 million 150 ming 150 so‘m;

4-toifa: 61 barobar – 12 million 366 ming 530 so‘m;

5-toifa: 66 barobar – 13 million 380 ming 180 so‘m.

Agar kontrakt oldindan 1 yillik to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa ham baribir 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo‘shimcha to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yil 1-noyabrdan ish haqi va nafaqalar miqdori 10 foizga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют