» » Toshkentda masjidlar imomlari haydovchilarni Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi

Toshkentda masjidlar imomlari haydovchilarni Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilishning yanada samarali usullarini qidirib, hamkorlik uchun din vakillariga murojaat qildi, deyiladi IIBB xabarida.

IIBBning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi va o‘tgan juma — Yo‘l harakati xavfsizligi kunida — poytaxtning barcha masjidlarida imomlar juma namoziga kelganlarni Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilishga da’vat etdi.

Avtoturargohlarga mashinalarni to‘xtatish, shu jumladan, masjidlar yonidagi to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga hurmat, maxsus transport — “Tez yordam”, o‘t o‘chirish mashinalarini o‘tkazib yuborish, yosh bolani tizzasiga o‘tqizib mashina haydash va boshqa masalalar haqida gapirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют