» » Yoaxim Lyov rekord qo‘ydi, Germaniya esa antirekordlar qurshovida

Yoaxim Lyov rekord qo‘ydi, Germaniya esa antirekordlar qurshovida


Kecha, 14-oktabr sanasida Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Germaniya terma jamoasi safarda Niderlandiya termasiga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Kechagi bellashuv jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov uchun terma jamoa boshqaruvidagi 168-o‘yin sifatida tarixdan o‘rin oldi. Lyov shu tariqa terma jamoani boshqarish borasida mutlaq rekordchiga aylandi. Undan keyingi o‘rinda Zepp Xyerberger bormoqda. Zepp hisobida 167 ta o‘yin bor.

Germaniya terma jamoasi esa 2018-yildagi 5-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “Bundestim” joriy yilda JCh-2018 doirasida Janubiy Koreya (0:2), Meksika (0:1) hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shuningdek, nemislar Avstriya (1:2), Braziliya (0:1) terma jamoalariga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham yutqazgandi. Shu tariqa Germaniya terma jamoasi 1985 va 1956-yilda qayd etgan antirekordini takrorladi. O‘sha yillarda ham jamoa 5 tadan uchrashuvda mag‘lub bo‘lgandi.

Shuningdek, terma jamoa birinchi marta ketma-ket 3 rasmiy o‘yinda gol ura olmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют