» » Fyodor Yemelyanenko amerikalik raqibini 1-raundda nokautga uchratdi va finalga chiqdi (video)

Fyodor Yemelyanenko amerikalik raqibini 1-raundda nokautga uchratdi va finalga chiqdi (video)


MMA jangchisi rossiyalik Fyodor Yemelyanenko Bellator Gran-Prisi og‘ir vazn toifasidagi bellashuvlarning finaliga yo‘l oldi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Fyodor yarim final bahsida amerikalik Cheyl Sonnenga qarshi oktagonga chiqib, uni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Endi Fyodor finalda ikkinchi ? final bahsida Mett Mitrion ustidan g‘alaba qozongan Rayan Beyder bilan jang qiladi. Mazkur jang 2019-yilning 26-yanvarida Los-Anjelesda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor MMA’dagi 38-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Rossiyalik jangchi, shuningdek, 5 ta olishuvda imkoniyatni boy bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют