» » Filippin politsiyasi prezidentni tanqid qilgan senatorni hibsga oldi

Filippin politsiyasi prezidentni tanqid qilgan senatorni hibsga oldi


Filippin politsiyasi mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening keskin tanqidchisi hisoblangan senator Leyla de Limani hibsga oldi. U narkotiklar kontrabandasiga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Haqiqat oshkor bo‘ladi va men adolatga erishaman. Men aybsizman”, — dedi de Lima hibsga olinishidan avval.

Hibsga olish senator ofisida amalga oshirildi. Ayblov o‘tgan hafta mamlakat Adliya vazirligi tomonidan ilgari surilgan edi.

71 yoshli Rodrigo Duterte o‘tgan yilning 30-iyunida Filippin rahbarligiga saylandi. U mamlakat prezidenti lavozimini egallagandan so‘ng narkotiklarni tarqatishga qarshi kurashish kampaniyasi boshlandi. Kampaniya davomida bir necha ming odam halok bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют