» » Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan 1-Respublika savdo yarmarkasi tashkil etildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan 1-Respublika savdo yarmarkasi tashkil etildi


2018-yilning 14-oktabr kuni poytaxtimizdagi “Ekobozor” savdo majmuasida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Nogiron ishbilarmon ayollar milliy assotsiatsiyasi va boshqa shu kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar 1-Respublika savdo yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.

Savdo yarmarkasi Adliya vazirligining nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Biz birgamiz” nomli ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirildi.

1-Respublika savdo yarmarkasi doirasida o‘z uylarida turgan holda turli xildagi buyumlar, mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilishda turli qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning tayyorlagan mahsulotlarini sotish uchun savdo majmualarida bevosita Adliya vazirligining ko‘magida maxsus savdo rastalari tashkil qilindi.

Shuningdek, 1-Respublika savdo yarmarkasida Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mazkur tadbirlarda qatnashishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, har tomonlama ko‘mak berildi. Ularning ma’naviy hordiq olishlari uchun taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi ham tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют