» » O‘zbekistonda huquqiy axborotni tarqatish to‘g‘risida qonun qabul qilinadi

O‘zbekistonda huquqiy axborotni tarqatish to‘g‘risida qonun qabul qilinadi


“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish imkoniyatini yaratish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Huquqiy axborotdan foydalanish davlat tomonidan kafolatlanadi. Huquqiy axborotni tarqatish usullari orasida normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasman jo‘natish, ularning rasmiy yoki norasmiy tarzda chop etilishi, huquqiy targ‘ibot, shuningdek, so‘rovlar bo‘yicha huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish bor.

Internetda qonunchilik ma’lumotlarining tizimlashtirilgan yagona davlat elektron bazasi bo‘lib, Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) hisoblanadi. Ushbu resursdan foydalanish bepul.

Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining elektron versiyalari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlarida, ular rasman chop etilganidan keyin ko‘pi bilan ikki kun o‘tgach albatta e’lon qilinishi kerak.

Agar ma’lumot davlat siri yoki qonun tomonidan himoya qilinadigan boshqa sirdan iborat bo‘lsa, bunday huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyati cheklanadi.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют