» » Namanganda akasining jinoyat ishini pora evaziga yopishni so‘ragan ukaga ham ish qo‘zg‘atildi

Namanganda akasining jinoyat ishini pora evaziga yopishni so‘ragan ukaga ham ish qo‘zg‘atildi


Namangan shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi rahbariyatga bildirgi bilan murojaat qilib, JKning 166-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan A.Yu.ning ukasi pora taklif qilayotgani haqida xabar bergan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu shaxs buning evaziga jinoyat ishining akasiga nisbatan bo‘lgan qismini yopib berishni so‘ragan.

Mazkur bildirgiga asosan viloyat prokuraturasi va viloyat IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda ichki ishlar idorasi binosida A. ismli shaxs tergovchiga pora sifatida 500 000 so‘m berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют