» » Surxondaryodagi qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazma-yarmarkasida 25 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi

Surxondaryodagi qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazma-yarmarkasida 25 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi


Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan tadbirda Toshkent agregat, Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodlari, “Chirchiqmashagro” mas’uliyati cheklangan jamiyati kabi o‘nga yaqin korxonada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregat va qo‘shimcha vositalari namoyish etildi.

Yarmarkada viloyatda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, fermer xo‘jaliklari, paxtachilik klasterlari rahbar va mutaxassislari zamonaviy, tejamkor va ixcham texnikalar bilan tanishdi. Joriy yilning o‘zida viloyatda fermer xo‘jaliklariga texnika xizmati ko‘rsatadigan korxonalar 118 milliard so‘mlik 451 ta texnika va boshqa zamonaviy agregatlar bilan taminlandi.

Mazkur ko‘rgazma-yarmarkada to‘g‘ridan-to‘g‘ri va lizing shartlari asosida xarid qilish bo‘yicha 240 dan ortiq texnika, agregat va boshqa qo‘shimcha vositalar uchun 25 milliard 294 million so‘mlik shartnoma imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют