» » Portugaliyada tropik po‘rtana yuz minglab uylarni chiroqsiz qoldirdi

Portugaliyada tropik po‘rtana yuz minglab uylarni chiroqsiz qoldirdi


Portugaliyada “Lesli” tropik po‘rtanasi oqibatida kamida 27 kishi jabrlandi. Mamlakat sohillariga 14-oktabr kechasida yetib kelgan po‘rtana yuzlab uylarni elektr energiyasisiz qoldirdi.  Bu haqda Ispaniyaning El Mundo nashri ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Po‘rtana Portugaliyaning Figeyra-da-Fosh shahri yaqiniga yopirildi. Shamol shiddati soatiga 176 kilometrga yetdi. Mamlakatning 18 tumanidan 13 tasida qizil trevoga e’lon qilindi.

Fuqarolik mudofaasi xizmati oqshom davomida 1,9 mingga yaqin hodisani qayd etdi, ular orasida daraxtlar qulashi oqibatida sodir bo‘lgan YTHlari ham bor.

Portugaliyaning markaziy qismidagi Koimbra shahri eng ko‘p jabrlangan.

“Lesli” Portugaliyada 1842-yildan buyon eng kuchli po‘rtana bo‘lishi ta’kidlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют