» » Shahzoda Garri va Megan Marklning samolyotiga chaqmoq urildi

Shahzoda Garri va Megan Marklning samolyotiga chaqmoq urildi


Shahzoda Garri va Megan Markl parvoz qilayotgan Dassault Falcon 7X samolyotiga chaqmoq urildi. Bu haqda 14-oktabr, yakshanba kuni The Mirror xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Hodisa o‘tgan oy oxirida, er-xotin Amsterdamga maxfiy tashrif bilan yo‘l olganda yuz berganligi ta’kidlanmoqda.

Chaqmoq zarbasi samolyotning old qismi — bosh obtekatelga to‘g‘ri kelgan, navigatsiya qurilmasiga urilishiga bir bahya qolgan. Samolyot fyuzelyajidan 30 million voltga teng kuchlanishli razryad o‘tgan.

Shunga qaramasdan, samolyot Sxipxol aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

Qiymati 53 million dollar bo‘lgan Dassault Falcon 7X’ni ta’mirlashga to‘g‘ri kelganligi uchun shahzoda va rafiqasi uchun Stokgolmdan boshqa samolyot yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют