» » Foto: Dunyodagi eng katta avtoshinalar chiqindixonasi

Foto: Dunyodagi eng katta avtoshinalar chiqindixonasi


Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida avtomobillar soni shiddat bilan ko‘paymoqda, bunda foydalanilgan avtoshinalar soni ham o‘smoqda. Ularning utilizatsiyasi murakkab va qimmat turadigan jarayon hisoblanadi, shuning uchun barcha mamlakatlarda ham utilizatsiya mavjud emas. Yevropada foydalanilgan shinalar qayta ishlashga jo‘natilsa, u darajada rivojlanmagan mamlakatlarda shinalarni chiqindixonalarga tashlash yoki shunchaki yoqib yuborish ma’qul ko‘riladi, deb yozadi TravelAsk.

Avtomobil shinalari turli rezina aralashmalaridan tayyorlanadi va ularning tarkibi ishlab chiqaruvchilar tomonidan qat’iy sir saqlandi. Shunday bo‘lsa ham, uning asosini neftdan olinadigan sintetik kautchuk tashkil qiladi. Shinalarning xizmat qilish muddati foydalanish darajasiga bog‘liq va o‘rtacha besh yilni tashkil etadi.

Har yili dunyoda taxminan yetti million tonna ishlatilgan shina chiqindisi yuzaga keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab taxminan 25 million tonna shina chiqindixona va maxsus maydonlarda utilizatsiyani kutmoqda.

Biroq dunyoda nafaqat foydalanilgan shinalarni utilizatsiya qilish masalasini yechish darajasida bo‘lmagan, balki boshqa mamlakatlardan mazkur chiqindilarni qabul qiladigan davlatlar mavjud. Ular qatoriga Sulabiya deb nomlanuvchi dunyodagi eng katta avtoshinalar chiqindixonasi joylashgan Kuvayt kiradi.

Bu joyga nafaqat Kuvaytning o‘zidan, balki Hindiston, Pokiston va hatto Malayziyadan ham shinalar olib kelinadi. Shina chiqindilarining ko‘p yillik yig‘ilishi oqibatida chiqindixonaning maydoni 600 ming kvadrat metrga yetgan. U yerda ba’zan yong‘inlar yuz berib turadi.

Bu ulkan chiqindixonani hatto kosmosdan olingan suratlarda ham ko‘rish mumkin. Mamlakat rahbariyati boshqa muammolar bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘radi. Shinalar oddiy saqlash orqali, shuningdek, ulkan yong‘inlar oqibatida utilizatsiya qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют