» » Oyxon Iforzoda to‘ylarining 1 yilligi munosabati bilan turmush o‘rtog‘idan Mercedes sovg‘a oldi

Oyxon Iforzoda to‘ylarining 1 yilligi munosabati bilan turmush o‘rtog‘idan Mercedes sovg‘a oldi


Yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘lgan boshlovchilar Oyxon Iforzoda va Shoh Alimovich to‘ylarining 1 yilligi sanasini nishonladi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. 

Oyxon Iforzoda Instagram’dagi kuzatuvchilariga sana nishonlangan kun ro‘y bergan voqeani havola qildi:

Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo‘lishmoqchiman! Ertalabdan men biroz xafa edim, sababi doimo e’tiborliligi bilan ajralib turgan turmush o‘rtog‘im to‘yimiz sanasini unutganday edi go‘yo. Ertalab turib, sovg‘a qilish u yoqda tursin, hatto bir og‘iz ham tabriklashni lozim topmagan turmush o‘rtog‘imdan juda xafa bo‘ldim. Undan kechga rejalari haqida so‘rasam, javob ham bergisi kelmadi. Bundan hatto yig‘lab ham oldim, nahotki, to‘yimizning ilk sanasini unutgan bo‘lsa… Keyin bilishimcha, buning hammasiga mana shu sovg‘a sabab bo‘lgan, men uni juda orzu qilgandim. Sevgilim, hammasi uchun rahmat!

Oyxon Iforzoda, suxandon

Darvoqe, Shoh Alimovich hamda Oyxon Iforzoda farzandlari Amirshohning chillasi chiqqanini nishonlashga ham ulgurdi. 

Опубликовано: admin (24-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют