» » Penzada 21 yashar o‘zbekistonlik uyning 4-qavatidan qulab halok bo‘ldi

Penzada 21 yashar o‘zbekistonlik uyning 4-qavatidan qulab halok bo‘ldi


Penzada qurilish ishlari davomida 4-qavatdan qulagan 21 yashar O‘zbekiston fuqarosining o‘limi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa 14-oktabr, yakshanba kuni Penzaning Siolkovskiy ko‘chasidagi uyda sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kvartira egasining 4 nafar tanishi balkon ustida yopqich o‘rnatish ishlarini olib borayotganda o‘zbekistonlik to‘siq bilan birga pastga qulagan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют