» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarda kontrakt narxlari oshgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarda kontrakt narxlari oshgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi


Prezident farmoni bilan 1-noyabrdan O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilgan edi. Shundan so‘ng internet nashrlarida OTMlarda kontrakt narxlari ham oshgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-shartnoma narxlari oshirilgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi, deya xabar berdi Uz24.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-sentabrdan amaldagi to‘lov-kontrakt qiymatlari miqdorlari o‘rtacha 18,5 foizga yoki ta’lim yo‘nalishlariga qarab 12,3 foizdan 24,7 foizgacha oshirilgandi. 2018—2019-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018-yilning 31-oktabriga, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun esa to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddatini joriy yilning 15-noyabriga qadar uzaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют