» » Iroqda 111 ming kishi ichimlik suvidan zaharlandi

Iroqda 111 ming kishi ichimlik suvidan zaharlandi


Iroqning Basra shahrida ichimlik suvi bilan zaharlanganlar soni 111 ming kishidan oshdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Avvalroq 27 ming kishining zaharlangani aytilgan edi.

“Ichimlik suvidan zaharlanganlar soni 111 ming kishiga yetdi. Ayrim maktab o‘quvchilari o‘quv yili avvalidayoq zaharlangan edi”, — deyiladi xabarda.

Komissariat mahalliy va markaziy hukumatdan ushbu masala yuzasidan aniq pozitsiyani talab qilmoqda.

8-iyul kuni Iroqning Basra port shahrida norozilik namoyishi boshlangan edi. Vaziyat ishsizlik va kommunal tuzilmaning yomonlashishiga qarshi chiqqan namoyishchilardan birining halok bo‘lganidan so‘ng keskinlashdi.

Norozilik namoyishlari Basradan mamlakatning boshqa shaharlari — Maysan, Kerbela, Najaf, Di-Kar va Bobilga tarqaldi.

Namoyishchilar hukumatdan elektr va suv ta’minotini tartibga solishni talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют