» » Oiladagi yagona o‘g‘il leykozga chalindi. Ota-onaning yolg‘iz umidi yaxshi insonlardan!

Oiladagi yagona o‘g‘il leykozga chalindi. Ota-onaning yolg‘iz umidi yaxshi insonlardan!


Xorazm viloyati Xiva tumanida yashab kelayotkan 3 farzandning onasi Manzura opaning aytishicha, 2001-yil 29-martda tug‘ilgan farzandi oiladagi yagona ugil Bekzod Samandarovga 2017-yilning 1-iyunda poytaxtdagi Gematologiya markazida oq qon kasalligi tashxisi qo‘yildi. Ona farzandini sog‘aytirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda, yelib-yugurmoqda. Lekin qo‘li kaltalik qilyapti.

Bekzodning otasi baxtsiz hodisa sabab o‘ng qo‘lidan jarohat olgan va og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Og‘ir ishlarga yaramaydi. Endilikda, nafaqat Bekzod balki oila boshlig‘i ham moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj bo‘lib qoldi.

Manzura opa ayol boshi bilan Xorazm viloyati Xiva tumanidagi bozorlardan birida sabzavotlarni olib-sotish bilan shug‘ullanib keladi. Oilaning boshqa hech qanday daromadi yo‘q.

“O‘g‘limga malakali shifokorlar ilik ko‘chirish operatsiyasini tavsiya qildi. Ushbu operatsiya uchun 60 ming dollar mablag‘ talab etiladi. Bu pulni uyimizni sotsak ham topa olmaymiz.

Bizga imkon qadar yordam berishingizni so‘rayman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Farzandlaringiz, oilangizning baxtiga sog‘ bo‘ling”, — deydi Bekzodning onasi Manzura Jabbarganova.

Ayni vaqtda oila saxiy insonlar yordamiga mushtoq. Orzulari osmon bola Bekzodbekdan xolis moddiy yordamimizni ayamaylik. Qo‘ldan kelganicha ehson qilaylik, duo qilib uning katorida barcha bemorlarning umri uzoq bo‘lishini so‘raylik.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Samandarov Bekzod

Xalqbank: 8600-0602-6201-3767

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

JABBARGANOVA MANZURA SHARIPBAYEVNA

Pasport raqami: AC 0865403

Onasining telefon raqami:

93 741 44 79

Bekzod Samandarovning telefon raqami: 93 548 01 29



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют