» » Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi


Salom Samadov Toshkent viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Salom Samadov bungacha O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 1963-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1990-yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990-yilda Buxoro viloyati F.Xo‘jayev tuman prokuraturasida boshlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2005-yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati prokurori, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir: Toshkent viloyati prokurori ishdan ketdi. U viloyatning keyingi 1 yil ichidagi to‘rtinchi prokurori edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют