» » “Toshshahartransxizmat”: Eski avtobuslardan voz kechilmaydi, harakati vaqtincha cheklanadi

“Toshshahartransxizmat”: Eski avtobuslardan voz kechilmaydi, harakati vaqtincha cheklanadi


“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan 2008—2009-yillarda ishlab chiqarilgan va eng ko‘p masofa bosib o‘tgan avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqarmaslik haqida qabul qilingan qaror ommaviy axborot vositalarida turlicha talqin etilmoqda, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

“Mazkur qarorda gap 2008—2009-yillarda ishlab chiqarilgan avtobuslardan batamom voz kechish haqida borayotgani yo‘q. Ularning harakati vaqtincha cheklanib, chuqurlashtirilgan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. To‘g‘ri, tekshiruvlar davomida avtobuslar orasida kapital ta’mirga muxtoj transportlar ham aniqlanishi mumkin. Bu raqam albatta, sanoqli bo‘ladi. Biroq, asosiy avtobuslar mutaxassislar tomonidan qisqa fursatda chuqur texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarga barham berilib yana ulardan foydalanilanish davom ettiriladi”, — deyiladi xabarda.

Shanba va yakshanba kunlari avtosaroy va ta’mirlash korxonalarida ishlar uch smenada (kecha-kunduz) tashkil etilib, eski avtobuslarning asosiy qismi tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklar barataraf etilmoqda.

“Shu asosda haftaning boshidan imkon darajasida avtobuslar jadvalida muammolar bo‘lmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Shu o‘rinda yana bir bor eslatib o‘tamiz, bugun harakatdagi avtobuslarning asosiy qismi ma’nan eskirganligi, ularning o‘rtacha yoshi 9—10 yilni tashkil etayotgani so‘nggi paytlardagi ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lmoqda. Shunga qaramay avtobuslarga maksimal darajada servis xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Avval xabar qilinganidek rejadagi yangi avtobuslarning kelishi transport bilan bog‘liq muammolarning bosqichma-bosqich barham topishiga olib keladi.

‘Toshshahartransxizmat’ AJ rahbariyati bunday tushunmovchilik va noqulaylik uchun poytaxt ahli va yo‘lovchilardan yana bir karra uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют