» » 1 oltin, 1 kumush. O‘zbekistonlik sportchilarning III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi medallari soni 10 taga yetdi

1 oltin, 1 kumush. O‘zbekistonlik sportchilarning III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi medallari soni 10 taga yetdi


Buenos-Ayres shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yozgi Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik sportchilar yana bir nechta medalga ega chiqdi.

Jumladan, og‘ir atletika bo‘yicha -63 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Kumush Fayzullayeva oltin medalga ega chiqdi. U dast ko‘tarishda 94 kg, siltab ko‘tarishda 124 kg, umumiy hisobda 218 kg natija bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

+63 kg vazn toifasida Dolera Davronova dast ko‘tarishda 92 kg, siltab ko‘tarishda esa 125 kg, umumiy hisobda 217 kg natija ko‘rsatib, bronza medaliga ega chiqdi.

Qizlar o‘rtasidagi baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida Gulbahor Fayziyeva yakkama-yakka bahslarda finalga chiqib, hal qiluvchi bahsda vengriyalik sportchidan ustun keldi va oltin medalga ega chiqdi.

Sport kurashlari bahsida -49 kg vazn toifasida Shohida Ahmedova finalga chiqib, hal qiluvchi jangda shvetsiyalik raqibasiga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan kifoyalandi.

Erkin kurash bo‘yicha -48 kg vazn toifasida Umidjon Jalolov finalda gruziyalik Giorgi Gegelashvilini mag‘lub etdi va oltin medal sohibi bo‘ldi.

-80 kg vazn toifasida Muhammadrasul Rahimov bronza uchun kechgan jangda kanadalik sportchidan ustun keldi. Shu tariqa Olimpiya o‘yinlaridagi bayroqdor sportchi ham medal sohibiga aylandi.

Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 10 tani tashkil etmoqda. Shularadan 3 tasi oltin, 4 tasi kumush, 3 tasi bronza medallaridir. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchiar mikst bahslarida 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga ega. Ammo bu medallar O‘zbekistonning medallar jadvaliga ahvoliga ta’sir ko‘rsatmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют