» » Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishini istisno etmadi

Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishini istisno etmadi


AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishini istisno etmadi. Bu haqda u 23-fevral, payshanba kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Hech qachon “yo‘q, bo‘lishi mumkin emas”, demaslik kerak. Garchi yuzaga kelgan holatni inobatga olib, juda kech bo‘lsa ham. U o‘zining harakatlari bilan bizni juda darg‘azab qildi. Bu juda xavfli, allaqachon bunga chek qo‘yish lozim edi. Aslida bu Obama ma’muriyati hal etishi kerak bo‘lgan muammo hisoblanardi.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Shu bilan birga, Tramp KXDR AQSh va uning mintaqadagi yetakchi ittifoqdoshlari — Janubiy Koreya hamda Yaponiya uchun xavf tug‘dirayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

KXDRni tiyib turish choralaridan biri sifatida ikki mamlakatda raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishni jadallashtirish va Pxenyanga qarshi turishning boshqa variantlari ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlandi. 

Опубликовано: admin (24-02-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют