» » Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida yo‘qolgan jurnalist sababli tintuv o‘tkaziladi

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida yo‘qolgan jurnalist sababli tintuv o‘tkaziladi


Turkiya—Saudiya Arabistonining qo‘shma jamoasi 15-oktabr kuni jurnalist Jamol Xashoggining g‘oyib bo‘lishi yuzasidan surishtiruv doirasida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida tintuv o‘tkazadi. Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Bino kunning ikkinchi yarmida ko‘zdan kechirilishi ta’kidlanmoqda.

Turkiya o‘tgan hafta Saudiya Arabistonining Xashoggi g‘oyib bo‘lganligini surishtirish uchun ishchi guruh tuzish haqidagi taklifini qabul qilgan edi.

Avvalroq The Washington Post Turkiya hukumati Xashoggini elchixonada o‘ldirishganligini tasdiqlovchi audio va videoyozuvlarga ega ekanligi haqida AQSh rasmiy shaxslariga ma’lumot berganligi haqida xabar bergan.

Turkiya OAVlariga ko‘ra, Xashoggining qo‘lida bo‘lgan Apple Watch uning Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida o‘ldirilganligini yozib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют