» » “Toshkent” respublika fond birjasi keraksiz qimmatli qog‘ozlar delistingini amalga oshirmoqda

“Toshkent” respublika fond birjasi keraksiz qimmatli qog‘ozlar delistingini amalga oshirmoqda


Qimmatli qog‘ozlar emitentlarining birja kotirovka varaqlarida aks ettirilishi bilan bog‘liq shartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida komissiya tomonidan birjada 2017-yil yakuni va 2018-yilning 9 oyi mobaynida qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirilgan emitentlar tahlili o‘tkazildi, deya xabar berdi O‘zA.

Mazkur tekshiruv jarayonida birja kotirovka varag‘ida bir yildan kam vaqt davomida aks etgan qimmatli qog‘ozlar emitentlari ko‘rib chiqilmadi.

Uning natijalariga ko‘ra, o‘tgan davr davomida birorta ham bitim tuzmagan 37 aksiyadorlik jamiyati aniqlandi. “A” toifasidagi uchta, “V” toifasidagi ikkita va “S” toifasidagi 32 aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari qolib ketgan. Shuningdek, 133 aksiyadorlik jamiyatining birja kotirovka varaqlarida qimmatli qog‘ozlari qolib ketgani, 46 tasida qimmatli qog‘ozlar bilan bitim tuzish bo‘yicha yillik ish hajmi bajarilmagani aniqlandi.

Birja kotirovka varaqlaridagi qimmatli qog‘ozlar likvidligini oshirish hamda aksiyalari birja savdolarida faol sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari listingida saqlash maqsadida “Toshkent” respublika fond birjasi tomonidan o‘rnatilgan me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan qimmatli qog‘ozlar emitentlarini muomaladan chiqarishga doir qaror qabul qilindi. Bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda listingdan 2017-yilda hamda 2018-yilning 9 oyi mobaynida birorta ham oldi-sotdi bitimi tuzmagan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari muomaladan chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют