» » O‘zbekistonda neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamaydi

O‘zbekistonda neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamaydi


O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan neft qazib olish hajmi 9,6 foizga pasaydi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Ko‘mir qazib olish ham 4,2 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish tegishli ravishda 6,9 va 9,3 foizga ko‘paydi.

Mamlakatda 9 oy davomida 2,9 million tonna ko‘mir va 561,5 ming tonna neft qazib olindi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 3 million va 620,9 ming tonnnani tashkil etgandi.

Neft mahsulotlari va energiya tashuvchilar eksporti 1,8 milliard dollarga yetdi va umumiy eksportning 20 foizini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 61,7 foizga ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют