» » Alisher Navoiy teatri direktori Mahmud Muratov O‘zbekiston madaniyat vaziri etib tayinlandi

Alisher Navoiy teatri direktori Mahmud Muratov O‘zbekiston madaniyat vaziri etib tayinlandi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan Mahmud Muratov O‘zbekiston madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida axborot berilgan.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Mahmud Muratov mehnat faoliyatini 1970-yili Respublika bolalar musiqa maktab-internati o‘qituvchiligidan boshlagan.

1978-yildan Madaniyat ishlari vazirligi Maxsus tadbirlar va konkurslar bo‘limi mudiri, Musiqa tashkilotlari boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 1990—1992-yillarda madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

1985—1990-yillar va 1992—1994-yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rahbari sifatida ishlagan. Muratov 1994-yildan Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori, 2015-yildan esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют