» » Buxoro tuman hokimi o‘rinbosari 300 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Buxoro tuman hokimi o‘rinbosari 300 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi


Buxoro viloyati Buxoro tumani hokimligining qurilish bo‘limi boshlig‘i A.X 300 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deb xabar beradi Turon 24.

A.X ishsiz fuqaro K.O ni o‘z vakili sifatida yollaydi. Ularning rejasiga ko‘ra, K.O tadbirkor S.J ga tumandagi yozgi kinoteatr binosini qayta ta’mirlash uchun turar joy sifatida rasmiylashtirishga yordam berishga va’da beradi.

Jarayonni “tanishlari” orqali tezlashtirish uchun K.O 2 million 500 ming so‘m pora talab qilgan.

К.О. tadbirkor S.J dan 300 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Fuqaro K.O. o‘z ko‘rsatmasida pullar Buxoro tuman hokimligi qurilish bo‘limi boshlig‘i A.X.ga atalganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirildi.

Shu kunning o‘zidayoq tuman hokimi o‘rinbosari A.X. o‘zining Damas avtomobilida K.O.dan 300 dollarni qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют