» » Quva tumani hokimining o‘rinbosari va kadastr bo‘limi mutaxassisi 1000 dollar pora bilan ushlandi

Quva tumani hokimining o‘rinbosari va kadastr bo‘limi mutaxassisi 1000 dollar pora bilan ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “G.S.” MChJ rahbari U.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Quva tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.R. va tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q. tuman maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’mirlash ishlarini bajarish majburiyatini “G.S.” MChJ zimmasiga yuklash evaziga uning rahbari U.dan kelishilgan 1500 AQSH dollaridan 1000 dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari X.R. va kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют