» » Samarqandda qo‘lbola uskunadan noqonuniy tarzda paxta ishlab chiqarayotgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Samarqandda qo‘lbola uskunadan noqonuniy tarzda paxta ishlab chiqarayotgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi


2018-yilning 3-oktabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1987-yilda tug‘ilgan Kattaqo‘rg‘on tumani “Silpan” qishlog‘ida yashovchi S.D. o‘zining yashab turgan xonadonining yordamchi xo‘jaliklarida paxta xomashyosidan chigitni ajratadigan qo‘lbola uskunasidan paxta ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Bezumno.ru”

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Shirin Normatova bergan ma’lumotga ko‘ra fuqaro S.D.ning noqonuniy sexidan 320 kilogramm toy paxta, 2860 kilogramm paxta xomashyosi, bir dona paxta titish uskunasi daliliy ashyo sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Tezkor surishtiruv natijasida 1973-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “Azamatli Rustam dalasi” fermer xo‘jaligi raisi, Ishtixon tumani “Oqchiroqosi” qishlog‘i Yangiobod qo‘chasida yashovchi X.R. o‘zining xo‘jaligida yetishtirgan paxta xomashyosini har bir kilogramini 2000 so‘mdan sotganligi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Qattaqo‘rg‘on tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan X.R.ga nisbatan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy ishlar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183, 194-moddalariga ko‘ra fuqaro S.D.ga o‘n sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, joriy yilning 12-oktabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1983-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Narpay tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi O.Sh. o‘zining yashash uyida qo‘lbola usulda yasalgan paxtani chigitidan ajratuvchi moslamasini, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan noqonuniy ishlatayotganligi aniklangan. O.Sh.ning yashash uyida bir dona qo‘lbola usulda yasalgan “jin” moslamasi, 90 kilogramm chigit, 33 kilogramm paxta tolasi ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Narpay tuman IIB tomonidan O.Sh.ga nisbatan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...