» » Legioner.uz. Temurxo‘ja Abduxoliqovning golli pasidan keyin ham “As-Sayliya” mag‘lubiyatdan qutulib qololmadi

Legioner.uz. Temurxo‘ja Abduxoliqovning golli pasidan keyin ham “As-Sayliya” mag‘lubiyatdan qutulib qololmadi


O‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi xizmatidan foydalanib, Qatar Yulduzlar ligasidagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan “As-Sayliya” klubi 22-turda mag‘lub bo‘ldi.

Chempionatda karvonboshilik qilayotgan “Lahviya”ga qarshi saf tortgan “As-Sayliya” 1:2 hisobida yengildi. Uchrashuvda Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Sanjar Shoahmedov 67-daqiqaga kelib zaxiradan maydonga tushdi.

Shoahmedovning o‘yinga qo‘shilishi “As-Sayliya” o‘yinidagi sifatni oshirdi. 82-daqiqada u to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqovga yetkazdi. Yakunda mazkur hujum qatarlik futbolchining goli bilan yakuniga yetdi. Biroq “As-Sayliya” mag‘lubiyatdan qutulib qololmadi.
Ma’lumot uchun, Yulduzlar ligasini mavsum so‘nggida 4 ta klub tark etadi.

Qatar Yulduzlar ligasi
22-tur
23-fevral, payshanba

Gollar: Almuaz Ali, 18 (0:1). Yusuf Al-Arabi, 66 (0:2). Muhammad Muddaher, 83 (1:2).

Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov jamoalari 22-turni 25-fevral kuni o‘tkazadi. “Al-Jaish” o‘z maydonida “Al-Ahli”ni qabul qilsa, Tursunovning “Al-Haraytiyat” klubi “Ash-Shahaniya” maydonida saf tortadi.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют