» » Samarqandda noqonuniy ravishda valyuta sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Samarqandda noqonuniy ravishda valyuta sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi


Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 9200 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda sotayotgan fuqaro S.A. qo‘lga olingan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Shirin Normatovaning ma’lum qilishicha, 1995-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan, mazkur tumanning Qumtepa mahallasida yashovchi S.A. Samarqand shahri “Shodiyona” savdo majmuasi hududida fuqaro A.R.ga har bir AQSh dollarini 7 900 so‘mdan hisoblab, 9 200 AQSh dollarini 72 680 000 so‘mga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan. Tezkor tadbir davomida S.A.dan jami 72 680.000 so‘m pullar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют