» » Samarqandda noqonuniy tarzda paxta yog‘i ishlab chiqarayotgan fuqarolar aniqlandi

Samarqandda noqonuniy tarzda paxta yog‘i ishlab chiqarayotgan fuqarolar aniqlandi


Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan bir qator jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yildi.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, joriy yilning 10-oktabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1990-yilda Oqdaryo tumani Yangiqurg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro O.S. o‘zi yashab kelayotgan uyning yordamchi xo‘jaligida noqonuniy ravishda “juvoz” tashkil qilib, paxta xomashyosi chigitidan qo‘l bola uskunalarda o‘simlik yog‘i ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Voqea joyidan 200 kilogramm kunjara, 100 kilogramm chigit va 20 kilogramm paxta yog‘i daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

2018-yilning 9-oktabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1976-yilda tug‘ilgan, Narpay tumani Ko‘kota qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.Sh. va 1987-yilda tug‘ilgan, Ko‘kota qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.J. o‘zaro kelishgan holda S.Sh. yashab kelayotgan uyning yordamchi xo‘jaligida noqonuniy ravishda tashkil qilgan “juvoz” orqali paxta xomashyosi chigitdan qo‘l bola uskunalarda o‘simlik yog‘i ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Voqea joyidan bir dona to‘liq to‘plam juvoz qurilmasi, 650 kilogramm kunjara, 400 kilogramm chigit va 130 litr tozalanmagan paxta yog‘i daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Dastlabki tergov surishtiruv jarayonida S.Sh. paxta xomashyosini “Meli” ismli fermer xo‘jaligi raisidan olganligini ma’lum qilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari mobaynida “Meli” isimli shaxs 1963-yilda tug‘ilgan, “Sanjar Xaqberdiyev” fermer xo‘jaligi raisi, Narpay tumani “Arabxona” mahallasida yashovchi Yu.X. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yu.X. haqiqatdan ham S.Sh.ga 2 200 kg paxta xomashyosini har bir kilogrammini 3 800 so‘mdan, ja’mi 8 360 000 so‘mga sotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan S.Sh. va N.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan.

Shuningdek, 1975-yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumani “Qushbegi” mahallasida yashovchi Q.J. o‘zi yashab kelayotgan uyning yordamchi xo‘jaligida noqonuniy ravishda tashkil qilgan “juvoz” orqali chigitdan qo‘l bola uskunalarda o‘simlik yog‘i ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Voqea joyidan 500 kilogramm kunjara, 10 kilogramm paxta chigiti va 10 kilogramm paxta xomashyosi daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют