» » 5 kun davomida onlayn auksionda 708 ta avtomobil raqamlari sotildi

5 kun davomida onlayn auksionda 708 ta avtomobil raqamlari sotildi


O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 708 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda, Tovar xomashyo birjasiga asoslanib, Spot xabar bermoqda.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,3 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 19 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50 foiz ikkinchi va 31 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20 foizga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 13 foiz ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Andijon va Namangan viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 9 foizni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 49 foizga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют