» » Toshkentda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi


Toshkentda AQSh bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Tadbir doirasida Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida 16-oktabr kuni standartlashtirish, sanitariya va fitosanitariya tadbirlari, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish masalalari bo‘yicha ishchi guruh majlisi tashkil qilindi.

Ushbu tadbir mamlakatda “AQSh biznes haftaligi” doirasida ilk bor o‘tkazildi. Unda kengashga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh, shuningdek, kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar — Afg‘oniston va Pokiston delegatsiyalari, ekspertlar, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri J.Xo‘jayev, AQShning Janubiy va Markaziy Osiyodagi savdo ishlari bo‘yicha vakili yordamchisi M.Linskott va boshqalar O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, qo‘shni va hamkor davlatlar bilan yaqin sheriklik aloqalarini mustahkamlash orqali o‘zaro manfaatli savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining do‘stona hamkorlik prinsiplarga asoslangani Markaziy Osiyo mintaqasi, unga qo‘shni davlatlarda savdo va investitsiyalarni rivojlantirishda yangi istiqbollar ochayotgani qayd etildi.

AQSh bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashining muntazamlik kasb etgan majlislari savdo-sarmoya sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, mintaqa davlatlarining investitsiya siyosatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda.

Muzokaralar chog‘ida bojxona tariflarini yengillashtirish, bozorlar ochiqligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, savdo-sotiqni kengaytirishdagi samarali yondashuvlar muhokama qilindi.

Anjumanda Markaziy Osiyoda savdo sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Markaziy Osiyo davlatlari, unga qo‘shni Afg‘oniston delegatsiyalari bilan AQSh ishchi guruhining ikki tomonlama muzokaralari tashkil qilindi.

Majlis yakunlari bo‘yicha ishchi guruhlarning 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shma bayonot qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 21:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют