» » Ektor Kuper: “Bizda pressingda oqsash sezilmoqda”

Ektor Kuper: “Bizda pressingda oqsash sezilmoqda”


O‘zbekiston—Qatar uchrashuvidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin ajoyib tarzda o‘tdi. Nafaqat natijadan, balki futbolchilarning topshiriqni yaxshi bajarganidan xursand bo‘ldim. Bizda pressingda oqsash sezilmoqda. Bu jihat ayniqsa Qatar bilan bo‘lgan o‘yinda sezildi. Jamoaning qarshi hujumdagi o‘yini meni qoniqtirdi. Tartibli o‘yin ko‘rsatar ekanmiz, bizda hujum uchun imkoniyatlar paydo bo‘laveradi. Terma jamoamizdagi o‘sishni barcha ko‘rdi. Ikkinchi yig‘inimiz juda ham yaxshi o‘tdi. Jiddiy muammolarga duch kelmadik. Bundan buyon futbolchilarga bo‘lgan talablarni oshirib boramiz. Terma jamoaning o‘zagi deb hech qaysi o‘yinchilarni ayta olmayman. Hech kim uchun terma jamoada joy kafolatlanmagan. Osiyo kubogi boshlangunga qadar, kimdadir o‘sish bo‘lsa, kimdadir pasayish kuzatilishi aniq. Men hissiyotlarga berilishimning sababi jahlim chiqqanidan emas balki futbolchilarning faolligini oshirish uchundir. O‘zbekistonda menga yaratib berilgan sharoitlardan juda ham mamnunman.

Ektor Kuper, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 22:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют