» » Tadbirkorlarga O‘zbekistonga tuyaqush olib kirish uchun bojxona imtiyozi berildi

Tadbirkorlarga O‘zbekistonga tuyaqush olib kirish uchun bojxona imtiyozi berildi


Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik subyektlari tomonidan olib kiriladigan quyidagi turdagi tovarlar 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi:

Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakillantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020-yil 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashituruvchi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 23:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют