» » O‘zbekistonda maktablarni tekshirishga ruxsat beriladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda

O‘zbekistonda maktablarni tekshirishga ruxsat beriladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Mazkur qaror pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qarorga ko‘ra, quyidagi organlar maktablarni tekshirishi mumkin:

To‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshirishga vakolatli organlar:

Prokuratura organlari;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

Tasarrufida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar.

Prokuratura bilan kelishgan holda tekshirishga vakolatli organlar:

Senat, Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari (ko‘pi bilan 5 yilda 1 marta);

Adliya organlari (ko‘pi bilan yiliga 1 marta);

Ichki ishlar vazirligi, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (reja asosida);

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati (qo‘shma tasdiqlangan grafik asosida);

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (murojaatga asosan);

Hisob palatasi, Moliya vazirligi (3 yilda 1 marta);

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (favqulodda holatlarda);

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (murojaatga asosan).

Mazkur qaror loyihasi qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki rad qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 09:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют