» » Braziliya Argentinani mag‘lub etdi, Belgiya Niderlandiyani yuta olmadi (video)

Braziliya Argentinani mag‘lub etdi, Belgiya Niderlandiyani yuta olmadi (video)


Kecha, 16-oktabr sanasida FIFA kunlari doirasida bir qator milliy terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazdi.

Jumladan, Braziliya terma jamoasi Argentina termasiga qarshi maydonga tushib, Joao Mirandaning 90-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Roberto Martines boshchiligidagi Belgiya terma jamoasi esa Niderlandiya termasiga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Avvaliga Dris Mertens 5-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada esa Arnaut Grunevelt hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Mazkur hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Shuningdek, Shvetsiya terma jamoasi o‘z maydonida Slovakiyani qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Daniya esa Avstriya termasi ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘rtoqlik o‘yinlari

16-oktabr, seshanba

Gol: 0:1 – 90 Miranda

Gollar: 1:0—29 Lerager, 2:0—90 Breytueyt.

Gollar: 1:0—52 Gvidetti, 1:1—84 Resnak.

Gollar: 1:0—5 Mertesn, 1:1—27 Grunevelt.

17-oktabr, chorshanba

Gollar: 1:0—49 Josh Sargent, 1:1—86 Edison Flores.

Gollar: 1:0—30 Karlos Bakka, 1:1—44 Kendall Uatson, 2:1—72 Kamilo Ernandez, 3:1—90 Kamilo Ernandez.

Gol: 0:1—90 Kastillyo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 09:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют