» » Germaniyaga 2 ta gol urgan Antuan Grizmann Fransiya termasi to‘purarlari Top-10 reytingidan joy oldi

Germaniyaga 2 ta gol urgan Antuan Grizmann Fransiya termasi to‘purarlari Top-10 reytingidan joy oldi


Kecha, 16-oktabr sanasida Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi musoabaqasi doirasida o‘z maydonida Germaniyani Antuan Grizmanning dubli evaziga mag‘lub etdi.

Bu orqali Antuan Grizmanning terma jamoa safida urgan gollari soni 26 taga yetdi. Natijada Grizmann terma jamoaning sobiq hujumchisi Silven Viltor bilan tenglashib oldi. Shu tariqa Antuan Fransiya tarixidagi eng yaxshi 10 hujumchi safidan o‘rin oldi.

Ayni damda 9-o‘rinni 27 ta gol bilan Karim Benzema band etib turibdi. Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi esa endilikda “Monako” murabbiyi bo‘lgan Tyerri Anri hisoblanadi. Anrining hisobida 51 ta gol mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 10:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют