» » O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 1,6 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 1,6 mln so‘mni tashkil etdi


Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018-yil yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 million 684 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham qo‘shib hisoblangan. Ya’ni gap xodimning qo‘liga kelib tushgan summa emas, balki xalq tili bilan aytganda, “nachisleniye” haqida  ketmoqda.

Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik 1 million 275 ming so‘m, sanoat sohasida 2 million 550 ming so‘m, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1 million 86 ming so‘m, moliya va sug‘urta faoliyati sohada 3 million 213 ming so‘m, tashish va saqlash sohasida esa 2 million 361 ming so‘mni tashkil etgan.

Qaysi sohada oylik qanchaga oshgan?

2017-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqi quyidagicha oshgan (ketma-ketlikda):

Sanoat — 28,6 foiz;

Moliya va sug‘urta — 27,6 foiz;

Tashish va saqlash — 23,7 foiz;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 17,7 foiz;

Ta’lim — 17,1 foiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 11:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют