» » Andijonda Damas’dan 8 milliondan ortiq pul va tikuv mashinasini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Andijonda Damas’dan 8 milliondan ortiq pul va tikuv mashinasini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi


Joriy yilning 14-oktabr kuniga o‘tar kechasi Andijon shahri Qalandarxona MFYda yashovchi fuqaro Y.O.ning Damas rusumli avtomashinasi Andijon shahri, Shifokor MFY, Shimoliy kichik daha hududida qarovsiz holda qoldirilishi oqibatida noma‘lum shaxslar avtomashina oldi chap eshigini g‘ayriqonuniy ravishda ochishib, uning salonida bo‘lgan 8 million 400 ming so‘m pullar hamda 1 dona tikuv mashinasini o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati IIBga jabrlanuvchi Y.O. tomonidan kelib tushgan arizaga asosan, Andijon shahar IIO FMB hamda viloyat IIB patrul-post xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilib, noma‘lum shaxslar aniqlandi.

O‘g‘irlikni sodir etganlar Andijon shahrida yashovchi A.I., D.B., T.S., R.A.lar bo‘lib chiqdi.

Ulardan daliliy ashyo sifatida o‘g‘irlangan pul mablag‘lari va buyumlar olindi.

Hozirda Andijon viloyati IIB tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 12:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют