» » O‘zbekiston Global raqobatbardoshlik reytingiga yana kirmadi

O‘zbekiston Global raqobatbardoshlik reytingiga yana kirmadi


Xalqaro iqtisodiy forum (WEF) 15-oktabrda yangi raqobatbardoshlik indeksini e’lon qildi. 140 millat raqobatbardoshligi o‘lchangan reytingga O‘zbekiston yana kirmadi, deya ma’lum qiladi “Turon 24”.

Markaziy Osiyo mintaqasidan reytingga O‘zbekistondan tashqari Turkmaniston ham kiritilmagan. Qozog‘iston 59, Qirg‘iziston 97, Tojikiston 102-o‘rinni egallagan.

Reytingda birinchi o‘rinni 2008-yildan beri ilk bor AQSh egalladi. Undan keyingi o‘rinlarga Singapur va Germaniya sazovor bo‘ldi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Shveysariya, Niderlandiya, Yaponiya, Honkong, Daniya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya kirdi.

Indeksga kirgan 140 davlat ichida oxirgi o‘rinni Chad egalladi. Afrikaning Malavi, Burundi, Syerra-Leone, Mavritaniya, Chad singari davlatlari va Yaman eng oxirgi o‘rinlarda joylashgan.

Global raqobatbardoshlik reytingi 12 ko‘rsatkich asosida hisoblanadi. Bular makroiqtisodiy barqarorlik, iste’mol va mehnat bozori, moliya tizimi, ichki bozor hajmi, institutlar sifati va infrastruktura ahvoli, IT va zamonaviy kommunikatsiyaning kirganlik darajasi, xalq sog‘lig‘i va ta’limi darajasi, biznes dinamikasi va innovatsiyaga moyillik kabilardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют